avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Давкаров Хасан Эгамберди угли

Мақолалар

IJTIMOIY TARMOQ

Блог им. hasanboyd

 Mashhur yozuvchi Kurt Vonnegut shunday degan edi: “Ilm-fan nimaiki yaratmasin, oqibatda uni qurolli kuchlar ishlatishadi”, va u bu erda mutlaqo haq. Zamonamizda jadal sur’atlar bilan ifnormatsion urushlar ketmoqda. Bu urushdagi qurol ham, qalqon ham faqat axborot, faqat ma’lumotdir. Axborotlar makoni esa internetdir. Ijtimoiy tarmoqlar esa barcha turdagi axborotlarni tarqatishning eng qulay vositachisidir.


Bugungi kunda internetdan butun dunyo bo’ylab qariyb 2,5 milliard aholi foydalanadi, yurtimizda esa bu son 10 milliondan yuqori, bu esa mamlakat aholisining 1/3 qismidan ko’prog’i internetdan foyadalanayapti degani. Ularning aksariyati esa turli ijtimoiy tarmoqlardan muntazam ravishda foydalanib kelishadi. Avvalo ijtimoiy tarmoq tushunchasiga to’xtalsam: bu bir internet foydalanuvchisining on-layn tarzda boshqa bir internet foydalanuvchilari bilan o’rnatilgan o’zaro munosabatlarini, axborot almashinuvini o’z ichiga oluvchi on-layn xizmatlar yig’indisi, platformasidir. XX asrning oxirgi o’n yilligi hamda 21 asrda tug’ilganlar bugunigi kunda internetdan foydalanuvchilarning 96%ini tashkil qiladi. 50 million foydalanuvchi topish uchun radioga 38 yil, televizorga 13 yil, internetga 4 yil, Aypodga 3 yil ketgan bo’lsa, Feysbuk esa bir yildan kam muddatda 200 million foydalanuvchi to’plashga erishdi. Oldimizda Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishimiz kerakmi yoki yo’qmi degan savol emas, balkim biz ulardan qanchalik to’g’ri foydalanishimiz kerak degan savol turibdi. Agar Odnoklassniki.ru sayti biron mamlakat bo’lganida edi, u aholisi bo’yicha Xitoy, Hindiston, Amerika va Indoneziyadan so’ng beshinchi o’rinda turgan bo’lar edi. Eshten Katcher va Britni Spirslarning Tvitterdagi o’quvchilari soni SHvetsiya, SHvetsariya, Isroil, Irlandiya, Norvegiya va Panama davlatlari aholilaridan ham ko’proq. Bir kunda Feybuk tarmog’ida 60 million statuslar yangilanib turadi. Biz yangiliklar, xismatlar va mahsulotlarni qidirmaymiz, ularning o’zlari bizni topib kelishadi, IJTIMOIY TARMOQlar orqali.  Dunyoda bunday ijtimoiy tarmoqlar juda ham ko’p. Bunga misol qilib: Feysbuk, MaySpeys, Vkontakte, Moy mir va Odnoklassniki kabilarni keltirishimiz mumkin. Umuman olganda ularning barchasi bir funktsiyani bajaradi, ya’ni interent foydalanuvchilarining o’zaro muloqoti va axborot almashinuvini ta’minlaydi. Biroq, er yuzi aholisining geografik joylashuvi, mintaqaviy qarash va qizishlari, ijtimoiy qatlamlariga ko’ra bunday tarmoqlar ko’payib bormoqda. Mamlakatimizning aksariyat yoshlari foydalanuvchi Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog’ining 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra umumiy foydalanuvchilari soni 205 millionni tashkil etsa, bir kunda 40 million foydalanuvchi esa o’z sahifasini yangilab turar ekan.  Albatta ular o’zlariring asosiy vazifasini a’lo darajada amalga oshirishmoqda, ya’ni bu kabi tarmoqqa ulangan odam xech qachon yolg’iz qolmaydi, u avvaliga o’zi taniydiganlar bilan suxbatlashadi, keyin qiziqishlari bo’yicha o’ziga yangi do’stlar, yangi guruxlar topadi. Bu borada bunday tarmoqlar hech kamchiliksiz o’z ma’suliyatlarini to’la ado etmoqda.


Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham borki, bu bevosita o’zimizga bog’lik. YA’ni internetdan fodalanishda afsuski barchamiz ham uning o’z me’yorlariga, qoidalariga amal qilmaymiz. Internetning oltin qoidasi: eng to’g’ri axborotni ol. Interenet cheksiz virtual olam, unda axborotlar xajmi mutlaqo cheklanmagan. Demak, internetda sizga kerakli bo’lgan axborot bilan birgalikda keraksiz bo’lgan axborot ham talaygina. Bugun shunday keraksiz axborotlarning internetdagi asosiy manbaasi o’zingiz foydalanayotgan ijtimoiy tarmoq bo’lib qolmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqda turli reklama roliklari, tasvirlar, balandparvoz va yohud aksincha oddiy so’zlar bilan diqqatingizni tortayotgan har qaysi ma’lumotni ham to’g’ri deya olmaymiz.


Xo’sh, ular qanday ma’lumotlar?


  1. Diniy ma’lumotlar.

  2. Siyosiy ma’lumotlar.

  3. Ommaviy madaniyat haqidagi ma’lumotlar.

  4. Millatchilik va mahalliychilik ruhidagi ma’lumotlar.

  5. Vahimali ma’lumotlar va boshqalar.


 YUqoridagi ma’lumotlar qanday tarzda uchraydi?


  1. Tarmoqlarda tarqalgan, ammo, joiz bo’lmagan iboralar: Agar mo’min bo’lsang, ushbu ma’lumotni tarqat! Agar Allohni yaxshi ko’rsang, ushbu ma’lumotni tarqat!  Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko’rsang, ushbu ma’lumotni tarqat!  Agar ushbu ma’lumotni tarqatmasang, gunohlaring seni bu ishdan to’xtatgan bo’ladi! Agar ushbu ma’lumotni tarqatmasang, og’ir kasallikka duchor bo’lasan! Endi, shu o’rinda savol tug’iladi: agar o’sha aytilgan ma’lumotni tarqatmasam, mo’min bo’lmaymanmi, Allohni yaxshi ko’rmagan bo’lamanmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko’rmagan bo’lamanmi, gunohlarim to’sgan bo’ladimi, og’ir kasallikka giriftor bo’lamanmi?!!   Azizlar, din “kim oshdi” savdosi yoki tahdid emas. Bir-birlarimizga turli ma’lumotlarni etkazishda Allohdan qo’rqaylik! Alhamdulillah, barchamiz mo’min-musulmonmiz, barchamiz Allohni va Uning Rasulini yaxshi ko’ramiz!!!

  2. Tarmoqlarda turli siyosiy chaqiriqlar, bo’xronlar uchraydiki ularda sizga o’zingiz yashab turgan mamlakat siyosatini noto’g’ri deb sindirishga, amaldagi siyosiy tuzumga qarshi kurashishga, uning o’rniga diniy va yohud aksincha, eski sho’ro tuzumidagi davlat qurishga da’vat qiladi.


SHu o’rinda bir narsaga alohida e’tibor beraylik: 22 yillik mustaqil davlat sifatidagi tariximizda o’nlab yillar o’zini mustaqil deb e’lon qilib kelgan mamlakatlar erisha olmayotgan eng buyuk yutuqqa erishdik. Bu – TINCHLIK. Buni endi butun dunyo e’tirof etmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarlarning mamlakat xavsizligi va barqarorligidagi roli ortib bormoqda. Suriya, Liviya, Misr, Ukraina kabi mamlakatlarda ro’y berayotgan mudxish voqealarning boshlang’ich ko’zg’atuvchi nuqtasi ijtimoiy tarmoqlar deb ko’rsatilmoqda. Bu bejiz emas, yuqoridagi mamlakatlar yoshlariga internet orqali avvaliga chetdan turib demokratiya qurishga ko’maklashuvchi qo’shtirnoq ichidagi “xolislar” o’zlarining qanday yashash kerakligi haqidagi darslarini o’tib yoshlarda amaldagi tuzumga nisbatan norozilik kayfitini uyg’otdi. SHuni unutmaslgigiz kerakki ildizi bir necha asrlarga borib taqaluvchi xalqimiz uchun bu kabi darslarning mutlaqo keragi yo’q. Zero qanday yashashni biz o’zimiz uchun belgilab bo’lganmiz. SHoir ta’biri bilan aytganda esa “Menga kanday yashashni o’rgatmagin sen”.


  1. SHuningdek internetda ommaviy madaniyat targ’iboti ham juda faol olib boriladi.  Ular asosan video rolik, elektron sur’at va qo’shiqlar ko’rinishida bo’ladi. Ularda milliyligimizga zid bo’lgan yod g’oyalar, begona urf – odatlar, mentalitetimizga mutlaqo nomunosib madaniyatlar yoshlar g’oyasiga singdirilishiga xarakat qilinadi.


Ommaviy madaniyatning shaxs erkinligi niqobi ostida tarqalishi mamlakat yoshlarining o’z xalqi urf-odatlarining yo’qotilishi, milliyligining unutilishi, ayniqsa sharq xalqlariga mos bo’lgan sharm-u hayoning, mexr-u oqibatning, nomus, sha’n va oilaviy munosabatlarning qadrsizlanishiga olib keladi. Afsuski bunday holatlarga yurtimizda ham guvoh bo’lmoqdamiz. Agar, biz o’z milliyligimizni qo’ldan boy bersak, bizning mustaqilligimiz hech narsa bo’lmay qoladi. Axir mustaqillik dunyoga o’zbek degan xalq borligini, uning ham o’z madaniyati, tili, urf-odatiyu qadriyatlari borligini ko’rsatib berdi. Agar biz ommaviy madaniyat ta’siri ostida ularni yo’qotsak, o’z mustaqilligimizni yo’qotgan bo’lamiz.


  1. Millatchilik va mahalliychilik g’oyalari ijtimoiy tarmoqlarda juda ko’p uchraydi. Ular asosan so’rov tarzida o’tkazilib, ularda quyidagicha savollar qo’yiladi:


Millating kim? Seningcha qaysi millat kuchli? Qaysi millat ko’proq? Kaerdansan? Kaerliklar kuchlirok? Kabi savollardir.


Avvalo millat va xalq tushunchalarini yaxshilab anglab olishimiz kerak. Bitta til va madaniyatga ega bir etnik guruxdagi odamlar bu millatdir. Bir necha etnik guruxlardan iborat, ma’lum yashash xududiga ega, umumiy bir til va umumlashgan madaniyatga ega odamlar esa xalqdir. O’zbek xalqi tarkibiga Mamlakatimizda yashovchi har bir millat vakili kiradi, biz birlashib bir xalqmiz. Bizning xalqimiz uchun esa millatchilik degan tushuncha mutlaqo begonadir. SHu kungacha xalqimiz bironta millatga nisbatan g’arazlik qilmagan. Millatchilik ruxi bizning mamlakatimizda uchramasada tarmoqlardagi bu kabi g’oyalar virtual tarzda bo’lsada foydalanuvchilar o’rtasida nizo keltirib chiqaradi. Eng xavflisi esa bu virtuallik reallikka aylanib ketishidir.


  1. Vahimali ma’lumotlar internetdan foydalanuvchilar o’rtasida juda tez tarqaladi. Bu kabi ma’lumotlarda mintaqaviy yoki global miqyosda insonlar hayotida keskin, qutqarilib qolish o’ta mushkul va xatto iloji yo’q bo’lgan voqeylik bo’lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqatiladi. Bunday ma’lumotlardan biri Qiyomat qoyin xaqidagi gaplardir. 2012 yil dekabrida bo’ladi deyilgan qiyomat qoyin natijasida xalqaro aviareyslar mijozlari bir necha martaga ko’payib ketdi. Ular o’zlari muxojir va sayyox bo’lib yurgan mamlakatlardan ona yurtiga zudlik bilan qaytishni istab qolishgan.


Bunday mish-mishlardan maqsad ma’lum bir mamlakat yoki mintaqa aholisida propoganda orqali mamlakatda notinchlik tug’dirish va moddiy manfaatdorlik ko’rishdir.


Ijtimoiy tarmoqning inson ruhiyatiga ta’siri:


Internnetda siz o’zingiz uchun istalgan yolg’on qiyofa, ya’ni qalbaki imidj yaratishingiz mumkin. Siz kim bilandir hazillashishingiz yoki biron kimsani taqib qilishingiz ham mumkin. Biroq shuni ham unutmangki, siz bilan ham kimdir huddi shunday hazil qilishi yoki aksincha sizni taqib qilishi mumkin.


Internetga shunchalik bog’lanib qolgansizki, ijtmioiy tarmoqdagi sahifangizni yangilamay tura olmaysiz. Go’yoki sizda “Balkim kimdandir xabar kelgandir, yoki Kimdir statusimga, sur’atimga baho qo’ygandir, yana bo’lmasam do’stim yangi sur’atlar joylashtirgandir” degan o’ylar g’ujg’on ura boshlaydi. Aslida esa sizning ongingizda bunday fikrlar mutlaqo mavjud emas, siz shunchaki o’z sahifangizni yangilab turasiz, chunki uni tekshirmay tura olmaysiz. siz unga bog’lanib qolgansiz.


Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning 80 foizi bir kunda hech bo’lmaganda bir marotaba o’z sahifalarini yangilab turishadi, ularning 3 dan biri esa ularning profillari bilan bir narsa sodir bo’ladi degan doimiy tahlikada yashashar ekan. Internetga bog’lanib qoluvchilarni huddi sigaretga bog’lanib qoluvchilarga qiyoslash mumkin.


Ijtimoiy tarmoq huddi ko’pirtirib ko’rsatuvchi ko’zguga o’xshaydi. Kayfiyatingiz yaxshi bo’lsa saxifangizga kirganingizda har qanday o’zgarishlar sizning kayfiyatingizga qo’shimcha yaxshi kayfiyat qo’shar, tushkun holatda kirganingizda esa undagi o’zgarishlar sizning asabingizga tegishi kayfiyatingizni yanada tushirishi mumkin.


Ijtimoiy tarmoq o’zimizning nomaqbul jihatlarimizni ko’rsatish uchun bizga juda katta imkoniyatlar yaratib beradi. Xasat, nafrat, ahloqsizlik, zo’ravonlik va xattoki rashk kabi jixatlarimizni virtual tanishlarimizga namoyish qilamiz. Bundan tashqari sahifangizda o’zingiz uchun layklar, baholar, sharhlar va xabarlar, bir so’z bilan aytganda  e’tibor talab qilasiz. Biroq hamisha ham, aniqrog’i aksariyat hollarda ham bunday bo’lavermaydi. Oddiy misol siz tanishingizga o’zingiz uchun muhim bo’lgan masalada shaxsiy xabar jo’natdingiz, biroq u ayni damda bandligi, yohud onlaynda emas va yana boshqa sabablar tufayli sizga javob yozmadi. Natija esa tushkunlik, o’zingizda xo’rlik tuyg’usini sezasiz va unga nisbatan munosabatingizni qayta ko’rib chiqish qaroriga to’xtalasiz. Buning o’rniga do’stingiz bilan biron joyda ko’rishib jonli maslahatlashib olish bu kabi salbiy oqibatlarning oldini olgan bo’lardi. Bu kabi bee’tibor qolib ketish inson ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xattoki rumqniyalik bir ayol o’zining yozgan statusiga bironta ham layk olaolmagani uchun ruhan zo’riqib vasvas bo’lib qolgan. Ruhshunoslar unga Sofi sindromi deb tashxis qo’yishdi. Bu reallikdan ajralib qolish natijasidir.


Bir so’z bilan aytganda asalning ham ozi shirin. Biz internet tarmog’idan to’g’ri foydalanmas ekanmiz, yuqoridagi kabi salbiy ta’sirlar bizning hayotimizdan yo’q bo’lmaydi.